17:23 / 02.12.2016
18 273

Turkiyaga o‘zga sayyoraliklar oqimi yopirildi

Turkiyaga o‘zga sayyoraliklar oqimi yopirildi

Turkiyaning turli qismlarida yashovchi minglab odamlar tungi osmonda guruh bo‘lib, o‘zidan nur taratayotgan sirli sharlarni ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi, deb yozmoqda Darakchi.uz sayti.

Voqea guvohlari “uchar likopcha”larning tashrifini suratga tushirishga va videoga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Mamlakatning aksariyat fuqarolari Turkiyaga o‘zga sayyoraliklar hujum qildi, degan fikrga keldi.

Uchar likopchalar guruhi asosan Stambul, Anqara, Bursa, Gaziantepa, Qaysari, Eski shahar, Samsun, Vana, Sultanbeyli kabi ko‘plab shahar va qishloqlarda ko‘zga tashlangan. Ularni suratga olmoqchi bo‘lgan odamlardan biri shovqinli, kuchli havo oqimidan yiqilgan bo‘lsa, ikkinchisi o‘z-o‘zidan hushidan ketgan. Uning aytishicha, “uchar likopchalar”ning bir joyda to‘planib turishi, uni uyquga tortgan.

Mahalliy ufologlarning xabar berishicha, Turkiya osmonida bir paytda paydo bo‘lgan “uchar likopchalar” qanday paydo bo‘lgan bo‘lsa, shunday tezlikda yo‘qolgan. Hodisa ro‘y bergandan keyin yarim soat o‘tar-o‘tmas, voqeaga guvoh bo‘lganlar surat va videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyaga o‘zga sayyoraliklar oqimi yopirildi