22:12 / 10.12.2016
7 160

28 mamlakatdagi eng tez rivojlanayotgan kompaniyalar reytingi e’lon qilindi

28 mamlakatdagi eng tez rivojlanayotgan kompaniyalar reytingi e’lon qilindi

9 dekabr kuni Deloitte konsalting kompaniyasi Evropa, Afrika va Yaqin sharqdagi katta sur’atda rivojlanayotgan 500ta kompaniya reytingini e’lon qildi. Unga 28 davlat vakillari kiritildi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Ro‘yxatni boshqarib borayotgan Shvesiyaning barmoq izlarini aniqlash bo‘yicha qurilmalar ishlab chiqaruvchi Fingerprint Cards kompaniyasining 2012-15 yillardagi daromadi 28 126 foizga o‘sgan.

Ikkinchi o‘ringa Turkiyaning Bilgikent tizim integratori munosib ko‘rilgan. U hisobot davri mobaynida daromadini 16 015 foizga oshira olgan. Etakchi uchlikni Polshaning marketingga doir dasturiy ta’minotlar ishlab chiqaruvchi Codewise kompaniyasi 13 052 foizlik daromad bilan tamomlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 28 mamlakatdagi eng tez rivojlanayotgan kompaniyalar reytingi e’lon qilindi