14:52 / 12.12.2016
7 325

Yaponiya Xitoyga qat’iy noroziligini bildirdi

Yaponiya Xitoyga qat’iy noroziligini bildirdi

Yaponiya dushanba kuni Xitoyga ikki mamlakat samolyotlarining Okinava orollari yaqinidagi osmonda o‘zaro qarama-qarshilikka kirgani sabab qat’iy noroziligini ma’lum qildi, deb xabar berdi Kun.uz sayti.

Avvalroq, Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa qilish HHK qiruvchilari havoga trevoga sabab ko‘tarilgani xabar qilingandi. Bu holat yaponlarga tegishli bo‘lgan Okinava orollari yaqinida Xitoyning olti samolyoti paydo bo‘lgani bilan bog‘liq bo‘ldi. Xitoy esa Yaponiyani samolyotlarga xavf tug‘dirgan juda yaqin masofada harakat qilganlikda aybladi.

Yaponiya mudofaa vazirligi “bu haqiqatdan uzoq” ekanini ma’lum qilgan. “Afsuski, bu Yaponiya va Xitoy munosabatlarini yaxshilashga halaqit beradi”, - deyilgan vazirlik bayonotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya Xitoyga qat’iy noroziligini bildirdi