15 dekabr kuni Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin Yaponiyaga jo‘nab ketdi. Rossiya rahbarining samolyoti Yamaguti prefekturasidagi Ube aeroportiga qo‘ndi. Aeroportda Putinni Nagato shahri meri kutib olgan. Bu haqda “Izvestiya”ga asoslanib Qalampir.uz sayti xabar bermoqda.
Nagato shahrida Vladimir Putin va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe o‘rtasida o‘tkaziladigan muhokamalar uch qismdan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Ilk muzokaralar ikki davlat delegasiyasi a’zolari bilan birgalikda tor doirada o‘tkaziladi.
Keyingi muhokamalar Putin va Abe o‘rtasida yakkama-yakka o‘tishi belgilangan. 16 dekabr kuni Vladimir Putin va Sindzo Abe Tokiodagi tadbirlarda ishtirok etadi.
Kreml matbuot xizmati avvalroq, Putin va Abe o‘zaro uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy masalalarga asosiy urg‘u berishlari haqida xabar qilgandi. Shuningdek, hududiy mavzuga oid muammo ham muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif oldidan Vladimir Putin Yaponiya bilan chegara xususida tinchlik shartnomasini imzolashga harakat qilishi haqida ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!