22:54 / 15.12.2016
6 860

Yaponiya bosh vaziri Putinni qaynoq buloqda cho‘milishga taklif etdi

Yaponiya bosh vaziri Putinni qaynoq buloqda cho‘milishga taklif etdi

Yaponiya bosh vaziri Putinni qaynoq, buloqda cho‘milishga taklif etdi. “Qattiq toliqib qolmagan ma’qul”,- deya hazillashdi Rossiya prezidenti taklif etayotgan tomonga mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildirib.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bugun Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni Nagato shahrida qabul qildi. Rossiya prezidenti quyosh chiqar yurtga so‘nggi 11 yil ichida ilk bor tashrif buyurmoqda.
Sindzo Abe Putinni tabiat go‘zalliklaridan va milliy oshxonadan bahramand bo‘lish hamda qaynoq buloqda hordiq chiqarishga taklif etgan.
Sindzo Abe, Yaponiya bosh vaziri: “Men sizni o‘z ona shahrim Nagatoda qabul qilayotganimdan g‘oyat mamnunman. Men sizni Yaponiyaning go‘zal tabiatidan zavqlanishingiz, ajoyib milliy oshxonamizni tatib ko‘rishingiz hamda kechki payt buloqda dam olishingizni istayman. Unda cho‘milayotib, kishidagi barcha charchoqlar tarqaladi. Shunday ekan uchrashuvdan keyin siz albatta qaynoq chashmada dam olishingiz mumkin bo‘ladi”. Bu taklifga javoban Putin hazillashib, yaxshisi u qadar toliqmagan ma’qul deb javob qaytardi.

Vladimir Putin, RF prezidenti: ”Bu ajoyib maskanning e’tiborga molik erlari bilan tanishish, shu bilan birga o‘zingiz aytgandek, qaynoq buloqda dam olish imkoni tug‘ilganidan bag‘oyat mamnunman. Lekin u qadar qattiq charchamagan ma’qul”.

Yapon delegatlari a’zolari prezident hazilini tushunib, kulib yuborishdi.

Ertaga Rossiya rahbari Tokioga borib, muloqotning ikkinchi raundi boshlanadi va u yopiq tartibda o‘tadi. Shuningdek, Vladimir Putin “Rossiya-Yaponiya biznes-dialog”da ishtirok etib, yo‘l-yo‘lakay Kodokan instituti-dyuzdo dunyosida etakchi bo‘lgan tashkilotga kirib o‘tishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya bosh vaziri Putinni qaynoq buloqda cho‘milishga taklif etdi