11:31 / 17.12.2016
6 633

Kiyev Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirmoqchi

Kiev Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirmoqchi

Ukraina Tashqi ishlari vaziri Pavel Klimkin mamlakat aholisining siyosiy ishonchini oshirish uchun Kiev Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirishga tayyorlanayotganini aytdi. Bu xaqda Qalampir.uz sayti xabar berdi.

“Biz tomonlarning siyosiy kelishuvi jarayoniga kim ta’sir o‘tkazayotgani to‘g‘risida aniq to‘xtamga kelish uchun sanksiyalar ro‘yxatini ayni holatga moslashtirishga harakat qilamiz. Hozir yangi sanksiyalar ro‘yxatini tuzyapmiz”, deydi Pavel Klimkin.

Ukraina Tashqi ishlar vazirining so‘zlariga qaraganda, uning vazirligi nafaqat mamlakatdagi, balki xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar va advokatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirib chiqadi.

Ukraina 2015 yilning sentyabr oyidan boshlab bir yil ichida Rossiyaning jismoniy va yuridik shaxslariga cheklovlar qo‘yish choralarini ko‘rgan edi. Sanksiyaning turli ko‘rinishlari – mamlakatga kirish va mol-mulkni musodara qilishni taqiqlashdan tortib Ukraina hududida iqtisodiy faoliyat yuritishgacha bo‘lgan cheklovlar o‘rnatilgan edi.

Joriy yilning oktyabr oyidan Ukraina rahbari sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi va cheklov choralari muddatini yana bir yilga cho‘zdi.

Cheklovlar 700 nafar jismoniy va 270 dan ortiq yuridik shaxslarga tegishli. Sanksiyaga duch kelganlar orasida “Bashneft”, “Rosoboroneksport” kompaniyalari, “YuTeyr”, “Rostex”, “Rusal” aviakompaniyalari, shuningdek, Rossiya to‘lov tizimi ham bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kiyev Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirmoqchi