Donald Tramp berayotgan va’daga ko‘ra, uning ma’muriyati hukumat tepasiga kelishi bilan, AQSh tashqi siyosatda yangi yo‘nalish oladi. Bu haqda Sputnik sayti xabar berdi.
"Bizning tashqi siyosatimiz yangicha yo‘nalishga muhtoj", — deb aytgan Tramp Orlandoda o‘z tarafdorlari qarshisida chiqish qilar ekan.
Tramp, shuningdek, "chet el davlatlarini qayta qurgandan ko‘ra, o‘z mamlakatimizni qayta quramiz", deya ta’kidlagan.
"Biz uzoq vaqtgacha bir mamlakatdan ikkinchisiga mas’uliyatsiz bostirib kirishlarni amalga oshirdik, u davlatlar haqida sizlarning ko‘pchiligingiz eshitmagansiz ham, bu aqlsizlik va bu barham topishi kerak! Tramp ma’muriyati eng avvalo AQSh milliy manfaatlari haqida qayg‘uradi", — deya ta’kidlagan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, Tramp 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda AQSh prezidenti etib saylangan edi. U 20 yanvar kuni qasamyod qabul qilgach, o‘z prezidentlik vakolatlarini qabul qilib oladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi