Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Suriyaga doir masalalarni gaplashib olish uchun Ostona tayyorligi xususida gapirib o‘tdi. Bu haqda u Rossiya prezidenti Putin hamda Turkiya prezidenti Redjep Tayip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqotdan so‘ng aytib o‘tgan deb xabar beradi prezident matbuot xizmati.
“Rossiya va Turkiya prezidentlari bilan suhbatda eng dolzarb xalqaro va hududiy muammolar tilga olingan. Rossiya va Turkiya rahbarlari Suriyadagi tomonlarning muloqotlari Ostonada o‘tishiga xohish bildirishgan. Nursulton Nazarboyev ushbu fikrni qo‘llab, bunday muloqotlar uchun Qozog‘istonda hamma sharoitlar yaratilishini aytib o‘tgan”,-deyiladi xabarda. Nazarboyev Suriyadagi muammoning tinch yo‘l xal bo‘lishi tarafdori ekanligini bildirgan.
16 dekabrda Putin Erdog‘an bilan telefon orqali suhbatda Suriya muammosi ishtirokchilari yangi bir maydonda gaplashib olishlari taklifini bergan. “Masalan, bunday xudud Qozog‘istonning poytaxti Ostona bo‘lishi mumkin. Agar tomonlar rozi bo‘lishsa, biz prezident Nazarboyevga murojjat etib, bu jarayonni qo‘llashini iltimos qilardik»,-dedi Rossiya prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi