21:07 / 21.12.2016
7 235

Qozog‘istonda Su-27 samolyoti qulab tushdi

Qozog‘istonda Su-27 samolyoti qulab tushdi

Qozog‘iston Qurolli kuchlariga tegishli Su-27 samolyoti harbiy o‘quv-mashg‘uloti chog‘irda falokatga uchradi. Bu haqda Kun.uz sayti yozmoqda.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hodisa tungi uchish vaqtida ro‘y bergan. Uchuvchi mayor Iskakov samolyotni aholi turar joylari ustiga qulashdan saqlash uchun bor imkoniyatini ishga solgan va keyin muvaffaqiyatli katapulta qilingan.

Ayni vaqtda uchuvchining ahvoli barqarorligi aytilgan. Hodisa sabablarini o‘rganish bo‘yicha komissiya tuzilgan.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Iskakov tungi uchishlarda 556 soatlik amaliyotga ega bo‘lgan tajribali uchuvchi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda Su-27 samolyoti qulab tushdi