17:19 / 22.12.2016
6 513

Malaysia Airlines samolyoti London aeroportida shoshilinch qo‘nishni amalga oshirdi

Malaysia Airlines samolyoti London aeroportida shoshilinch qo‘nishni amalga oshirdi

Malaysia Airlines aviakompaniyasining samolyoti eshiklaridan biridagi texnik muammolar tufayli London aeroportida shoshilinch qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Hodisa Buyuk Britaniya poytaxtidan Kuala-Lumpurga yo‘l olgan Airbus A380 Germaniya havo hududida bo‘lgan payt ro‘y berdi. Yo‘lovchilar xavfsizligidan kelib chiqib, kapitan London aeroportiga qaytishga qaror qildi.

Aviakompaniya vakillari texnik mutaxassislar layner holatini sinchiklab o‘rganishi, yo‘lovchilarga zarur yordam ko‘rsatilishini bildirdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Malaysia Airlines samolyoti London aeroportida shoshilinch qo‘nishni amalga oshirdi