16:43 / 23.12.2016
7 468

Janubiy Koreya hukmron partiyasi parchalanib ketdi

Janubiy Koreya hukmron partiyasi parchalanib ketdi

Janubiy Koreyaning hukmron "Senuri" partiyasi safini prezident impichmentini qo‘llab-quvvatlaganlar tark etadi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar qilmoqda.

Yangi paydo bo‘ladigan partiya "Islohotlar yangi konservativ partiyasi" deb nomlanadi. Uning tashkil etilishi borasida rasman 20 yanvarga yaqin ma’lum qilinadi.

Hukmron partiyasining parchalanishiga mamlakat prezidenti Pak Kin Xe aralashib qolgan korrupsiya mojarosi sabab bo‘ldi. 9 dekabrda bo‘lib o‘tgan parlament majlisida prezidentga impichment qo‘llash masalasi ovozga qo‘yilgan, unda prezident partiyasi hisoblangan siyosiy tashkilot a’zolaridan ayrimlari bu hujjatni ma’qullagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya hukmron partiyasi parchalanib ketdi