Qozog‘istonning Taraz shahrini Muhabbat ismli qizcha voqeasi hayratlantirdi. Yaqinda jarrohlar qizni operasiya qilishdi va uning oshqozonidan bir kilogramm soch chiqarib olishdi. 11 yoshlik qizchaning oshqozoni to‘liq va ichaklarining bir qismi soch bilan to‘lgan bo‘lgan.
Qizcha tunda shifoxonaga olib kelingan. U qornidagi og‘riqlardan to‘xtamay yig‘lagan. Qizcha to‘la oshqozoni bilan na ovqat eya olgan, na suv icha olgan. Jarrohlar uning oshqozoniga etib borishganda, unda bir uyum sochni aniqlashgan. U tashqi ko‘rinishidan namat matosiga o‘xshash bo‘lgan.
Aniqlanishicha, qizcha Rapunsel sindromidan aziyat chekkan. Bu sindrom ruhiy kasallik bo‘lib, undan aziyat chekuvchilar asabiylashish vaqtida o‘z sochlarini eyishni boshlaydilar. Ajab emaski, bu muammo ko‘pincha oshqozon-ichak yo‘lida jiddiy oqibatlarga olib keladi.
Bunday kasallikda ichak va oshqozonni jarrohlik aralashuvisiz tozalab bo‘lmaydi va bunday muolaja zudlik bilan amalga oshirilishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi