09:32 / 24.12.2016
6 842

Tramp Rossiya prezidentidan "yoqimli" maktub oldi

Tramp Rossiya prezidentidan "yoqimli" maktub oldi

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putindan maktub olganini ma’lum qildi.

Tramp shtabida aytilishicha, 15 dekabrda olingan maktubda Putin Rossiya va AQSh ikki tomonlama munosabatlarni tiklash uchun sermazmun qadamlarni qabul qilishiga va xalqaro sahnadagi hamkorlikni yangi sifat darajasiga olib chiqishiga umid bildirgan.

Maktubda aytilishicha, Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar zamonaviy dunyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib qoladi va oxirgi yillardagi global va mintaqaviy jiddiy chaqiriqlar buni isbotlaydi.

"Vladimir Putindan juda yoqimli maktub, uning g‘oyalari juda to‘g‘ridir. Men ikki tomon bu g‘oyalarga amal qilishga qodir bo‘lishlariga va biz muqobil yo‘ldan borishimizga to‘g‘ri kelmasligiga umid qilaman", deb izoh bergan Tramp maktubga.

Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya etakchisi Trampga Rojdestvo va Yangi yil bayramlari munosabati bilan tabrik maktubi yuborganini tasdiqladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Rossiya prezidentidan "yoqimli" maktub oldi