24 dekabr kuni Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasi kelasi yil 12 fevralida bo‘lib o‘tajak prezidentlik saylovi uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish jarayonini boshladi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
MSK 4 nafar nomzodni ro‘yxatga oldi. Bular mamlakatning amaldagi rahbari, Demokratik partiya vakili Gurbanguli Berdimuxamedov, "Rыsgal" tijorat banki aksionerlari boshqaruvi raisi, Sanoatchilar va tadbirkorlar partiyasi nomzodi Bekmirat Ataliev, Agrar partiyaning Mari viloyati bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Durdiklich O‘razov va Oziq-ovqat sanoati Davlat birlashmasi rahbari o‘rinbosari Maksat Annanepesov. U fuqarolar tashabbusi bilan o‘z nomzodini ilgari surgan.
Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, nomzodlar ro‘yxatga olinganidan so‘ng, prezidentlik tashviqot kampaniyasi boshlanadi. Nomzodlar ro‘yxatga olingan kundan boshlanuvchi saylovoldi tashviqoti saylovga bir kun qolganida yakunlanadi.
Respublika Konstitusiyasiga muvofiq, Turkmanistonda tug‘ilgan, 40 yoshga to‘lgan, davlat tilini yaxshi bilgan, oxirgi 15 yilda mamlakatda istiqomat qilgan va ishlagan fuqaro prezidentlikka saylanishi mumkin. Yangi prezident 7 yilga saylanadi va qasamyod qabul qilganidan keyin lavozimiga kirishadi.
Berdimuxamedov uchun bu prezident saylovlari uchinchisi bo‘ladi, u birinchi marta 2007 yilda, ikkinchi marta esa 2012 yilda saylovlarda ishtirok etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?