13:30 / 25.12.2016
7 676

Radarlardan yo‘qolgan Tu-154 bortida 91 kishi bo‘lgan

Radarlardan yo‘qolgan Tu-154 bortida 91 kishi bo‘lgan

Rossiya Mudofaa vazirligining Sochidan uchgach aviadispetcherlar bilan aloqaga chiqmagan Tu-154 samolyoti bo‘yicha navbatdagi tafsilotlar ma’lum qilinmoqda.

"Interfaks" agentligi xabariga ko‘ra, samolyot Sochidan Moskva vaqti bilan soat 5:20da parvozga chiqqan va 20 daqiqadan keyin radarlardan yo‘qolgan. Uning bortida harbiylar bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Laynerni qidirish ishlari boshlangan.

RIA "Novosti" agentligi aniqlik kiritishicha, layner avvaliga Moskva yaqinidagi "Chkalovskiy" aerodromidan havoga ko‘tarilgan, Sochida esa yoqilg‘i to‘ldirilgan.

"Interfaks"ning aniqlik kiritishicha, samolyot bortida avval aytilganidek, 70 kishi emas, 83 yo‘lovchi va ekipajning 8 a’zosi bo‘lgan.

RF Mudofaa vazirligi Tu-154 radarlardan yo‘qolganini tasdiqladi. Laynerni qidirish ishlariga Krasnodar o‘lkasi va qo‘shni hududlardagi barcha qutqaruv xizmatlari jalb etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Radarlardan yo‘qolgan Tu-154 bortida 91 kishi bo‘lgan