12:46 / 27.12.2016
7 519

Amerikaliklar yilning eng muhim voqeasini aytishdi

Amerikaliklar yilning eng muhim voqeasini aytishdi

Amerikaliklar o‘zlari uchun ketayotgan yilning eng muhim voqealarini aytishdi. Ularning fikricha, 2016 yilda yuz bergan eng muhim voqea Donald Trampning AQSh prezidenti etib saylanishi bo‘ldi. Bu haqda manbalarga asoslanib Kun.uz sayti yozmoqda.

Respondentlarning to‘rtdan uch qismi prezident saylovlari va Donald Trampning undagi g‘alabasini yilning eng muhim voqeasi deb atashdi. 63 foiz odamlar 2016 yilda yuz bergan eng muhim voqealar qatorida turli davlatlardagi teraktlarni, 43 foizi esa Zika virusining tarqashini aytishdi.

Yilga yakun yasash davomida 18 so‘ralganlar AQShdagi vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarganini, 33 foizi esa yomonlashganini va 47 foizi esa o‘zgarishsiz qolganini aytdilar.

Axborot agentligining ma’lum qilishicha, "ko‘pchilik so‘ralganlar yangi yilda ishlar yaxshi ketishiga umid bildirishgan". Bunday fikrni 55 foiz odam aytgan. Ulardan ko‘pchiligini Trampning partiyasi bo‘lgan Respublikachilar partiyasi tarafdorlari tashkil qiladi.

Hammasi bo‘lib so‘rovnomada 1007 amerikalik ishtirok etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikaliklar yilning eng muhim voqeasini aytishdi