12:23 / 17.04.2015
7 002

Obama: jahon iqtisodiyoti qonunlarini Xitoy emas, AQSh yaratishi kerak

Obama: jahon iqtisodiyoti qonunlarini Xitoy emas, AQSh yaratishi kerak

AQSh prezidenti Barak Obama Kongressga maxsus murojaatida Trans-Tinch okeani hamkorligi bo‘yicha kelishuvni imzolash vakolatini Oq uyga berishni so‘radi, deb xabar bermoqda "Kun.uz".

Kongress prezidentga maxsus savdo vakolatlarini berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qilmoqda. Unga ko‘ra, AQSh ma’muriyati savdo shartnomalarini imzolaydi, Kongress esa unga o‘zgartirishlar kiritmay, faqat tasdiqlash yoki rad qilish vakolatiga ega bo‘ladi. Oq uy bu vakolatlardan Osiyo va Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yishda foydalanmoqchi. Ma’lumki, ushbu mintaqaga jahon iqtisodiyotining 40 foizi va jahon savdosining 30 foizi to‘g‘ri keladi.

“Xaridorlarimizning 95 foizi xorijda ekan, jahon iqtisodiy qonunlarini Xitoy kabi mamlakatlar emas, bizning o‘zimiz yaratishimizga amin bo‘lishimiz kerak, – degan prezident o‘z murojaatida. – Eksport tufayli 11 mln ish o‘rni yaratilgan, eksport qiluvchi kompaniyalar boshqalarga nisbatan kattaroq maosh to‘lashini bilamiz. Bugun biz mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz uchun yangi bozorlar ochish imkoniyatiga egamiz”.

Obamaning fikricha, yangi qonun loyihasi AQShga o‘tmish xatolarini takrorlamaslikka va savdo-sotiqning yangi qonunlarini yaratishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Obama: jahon iqtisodiyoti qonunlarini Xitoy emas, AQSh yaratishi kerak