22:47 / 02.01.2017
6 949

Bag‘doddagi terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi

Bag‘doddagi terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi

Bag‘dod sharqida sodir etilgan portlash qurbonlari soni kamida 35 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda «RBK»ga asoslanib «Daryo» xabar berdi.

Oldinroq terakt tufayli 20 kishi halok bo‘lgani bildirilgandi.

Qurbonlar orasida 3 nafar polisiyachi ham bor. Yana 61 kishi turli darajada jarohat oldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xudkush avtomobilda portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bag‘doddagi terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi