Rossiyalik shoira Anna Axmatova nomzodi 1966 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga qo‘yilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti, TASS axborot agentligi ma’lumotiga tayangan holda.
Shoiraning ismi Gyoteborg universiteti slavyan tillari professori Gunnar Yakobsson va Garvard universiteti professori Roman Yakobson tomonidan taklif qilingan bo‘lgan.
Ta’kidlash joizki, nomzodlarning ismlari 50 yil sir saqlanadi.
3 yanvarda oshkor qilingan ro‘yxatda hammasi bo‘lib 72 ism, jumladan Vladimir Nabokov, Konstantin Paustovskiy, Semyuel Bekket, Lui Aragon, Alberto Moravia, Xorxe Luis Borxes, Pablo Neruda ismlari bor.
1966 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Berlinda tug‘ilgan shoira Nelli Zaks va isroillik yozuvchi Shmuel Agnon orasida taqsimlangan.
Avvalroq Anna Axmatovaning kundaligi 7 mln rublga sotilgani ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi