17:22 / 18.04.2015
6 720

Obama Evropa Ittifoqini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolishga chaqirdi

Obama Evropa Ittifoqini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolishga chaqirdi

AQSh prezidenti Barak Obama Evropa Ittifoqini Minsk kelishuvlari to‘laligicha bajarilmaguniga qadar Rossiya nisbatan joriy qilingan iqtisodiy va siyosiy cheklovlarni saqlab qolishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

“Rossiya Minsk kelishuvlari shartlarini bajarmaguniga qadar cheklovlar hozirgi daraja va miqyosda saqlab qolinishi kerak”, – degan Obama Italiya bosh vaziri Matteo Rensi bilan o‘tkazilgan uchrashuv yakunlariga ko‘ra tashkil etilgan matbuot anjumanida.

Shuningdek, u Evropa Ittifoqining navbatdagi sammitida Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni saqlab qolish masalasi ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgan.
Reuters agentligining eslatib o‘tishicha, 20 mart kuni Evropa Kengashi prezidenti Donald Tusk Ittifoqqa a’zo mamlakatlar rahbarlari sanksiyalarni saqlab turishga rozi bo‘lganligini aytib o‘tgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Obama Evropa Ittifoqini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolishga chaqirdi