Amerikaning otolaringologiya akademiyasi quloqlar gigienasi bo‘yicha yangilangan klinik qo‘llanmani chiqardi, deb yozadi «Daryo» nashri.
Quloqdagi oltingugurt organizmning eshitish yo‘lini himoya qilish, moylash va tozalash uchun mo‘ljallangan sekreti (shirasi) hisoblanadi. Eshitish yo‘li terisining muguz qatlami ko‘chishi pastki jag‘ harakati bilan birgalikda oltingugurtning asta-sekinlik bilan tashqariga siljib chiqishini ta’minlaydi. Ko‘pchilik odamlarda eshitish yo‘lining o‘ziga xos anatomik va fiziologik xususiyatlari tufayli, quloqda ko‘p miqdorda oltingugurt to‘planib qoladi.
Tashqi eshitish yo‘lini tozalashda ba’zilar yordamchi vositalar, masalan, paxtali cho‘pchalardan foydalanadi. Ammo, yangilangan qo‘llanma mualliflari tadqiqotlarga tayanib fikr bildirishicha, bunday amaliyot nomaqbuldir.
Xususan, olimlar quloqlarni haddan tashqari ko‘p yuvish va ularni begona buyumlar kiritish orqali tozalashdan voz kechishni tavsiya qiladi, chunki bu eshitish yo‘liga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, infeksiya va quloq suyaklarining joyidan siljishiga olib kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...