Rim papasi Fransisk o‘z vazifadoshlaridan farqli o‘laroq, chet elga safarlari chog‘ida zirhli avtomobilda harakatlanmoqchi emasligini ma’lum qildi, deb yozadi Daryo nashri. Bu haqda pontifik italiyalik jurnalist va Vatikan bo‘yicha mutaxassis Andrea Torniellining «Sayohat» kitobiga yozgan so‘zboshida aytib o‘tdi.
Ruhoniyning aniqlik kiritishicha, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarga qaramay, u odamlarga yaqin bo‘lishni istaydi. «Balki bu tentaklikdir, biroq shuni aytishim kerakki, men o‘zim uchun hech ham xavotirlanmayman. Ammo men bilan birga sayohat qiladigan va men turli mamlakatlarda uchratadigan odamlar haqida tashvishlanaman», — deya qayd etdi Rim papasi.
U, shuningdek, kuchaytirilgan xavfsizlik choralari zarur ekanligini tushunishini, biroq «episkop — bu ruhoniy, ota ekanligi hamda u va odamlar o‘rtasida hech qanday to‘siq bo‘lmasligi kerakligi»ni qo‘shimcha qildi.
Reuters ta’kidlashicha, so‘nggi ikki yil ichida Italiya polisiyasi Evropada teraktlar ko‘paygani tufayli Vatikan hududida xavfsizlik choralarini ancha kuchaytirdi. Shunga qaramay, Fransisk Rim bo‘ylab hamon Ford Focus’da harakatlanib, soqchilari ko‘zga tashlanmasligini talab qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi