13:46 / 09.01.2017
7 094

Misrdagi blokpostga jangarilar tomonidan hujum uyushtirildi

Misrdagi blokpostga jangarilar tomonidan hujum uyushtirildi

Misrning Sinay yarim orolidagi Al Arish shahri hududida joylashgan blokpostlardan biriga jangarilar hujum uyushtirgan. Buning oqibatida 6 nafar polisiya xodimi halok bo‘lib, yana 10 nafari yaralangan, deb xabar qilmoqda "Kun." nashri.

"Assoshieyted Press" agentligiga ko‘ra, xudkush-terrorchi mina to‘ldirilgan avtomobilni binoga keltirib urgan.

Misr armiyasi ikki yildan ortiqroq vaqtdan beri Sinay yarimoroli shimolida aksilterror amaliyotini o‘tkazib keladi. Mintaqaning borish qiyin bo‘lgan hududlarida ekstremistlar joylashib olgani ta’kidlanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Misrdagi blokpostga jangarilar tomonidan hujum uyushtirildi