Tishlarni shikastlangan joylarni mustaqil tarzda qayta tiklashga majbur qilish va shu tariqa, plombalardan foydalanishga chek qo‘yish mumkin, deya xabar bermoqda «Daryo».
Londondagi Qirollik kolleji jamoasi Tideglusib kimyoviy moddasi sichqonlarda tish pulpasidagi hujayralarni tishdagi kichik teshiklarni mustaqil ravishda davolashga majbur qila olishini aniqladi. Ushbu usul «to‘liq va samarali tabiiy tiklanish»ga olib keladi, deyiladi tadqiqot haqidagi hisobotda.
Tishlarda regenerasiya (tiklanish) qobiliyati cheklangan bo‘ladi. Agar ichki tish pulpasi ochilib qolsa, odam organizmi qalin tish to‘qimasi — dentin (bevosita emal ostidagi qatlam)dan ingichka tasma yarata oladi, ammo katta teshiklarni bunday tarzda davolab bo‘lmaydi.
Tideglusib preparati tish pulpasidagi tana hujayralari faolligini kuchaytiradi, bu sichqonlar tishlaridagi 0,13 millimetr diametrga teng teshiklarni tiklash imkonini beradi. Preparatga botirilgan eruvchan gubka tishning shikastlangan qismiga qo‘yilgan, ustidan himoya qoplamasi surilgan. Gubka parchalanib borgani sari, uning o‘rnini dentin to‘ldirib borgan va tish tuzalib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi