AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp internet tarmog‘idagi eng yirik savdo maydoni Alibaba rahbari Jek Ma bilan uchrashdi. Unda Xitoy kompaniyasining Amerika bozoridagi ulushini kengaytirish va mamlakatda qo‘shimcha 1 million ish o‘rinlarini yaratish haqida so‘z bordi, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.
Jek Ma Alibaba’ni kengaytirishda kiyim-kechak, may va mevalar kabi mahsulotlarga katta e’tibor qaratilishini ta’kidlab o‘tdi. Bunda asosan Qo‘shma Shtatlar o‘rta g‘arbi va Janubi-Sharqiy Osiyo o‘rtasida savdo qilishga katta o‘rin beriladi.
«Biz asosiy e’tiborni kichik biznesga qaratmoqchimiz, shuning uchun 1 millionta kichik korxonani qo‘llab-quvvatlash haqida gaplashdik. Biz Amerika kichik biznesini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Buning uchun savdo platformasi (Alibaba — tah.) Osiyo, xususan Xitoyga o‘z qishloq xo‘jalik mahsulotini sotishda ishlatilishi mumkin», - ma’lum qildi Ma.
Aniqlik kiritilishicha, Alibaba amerikalik fermerlar uchun ish o‘rinlarini besh yil davomida yaratishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi