12:30 / 12.01.2017
6 584

Donald Tramp Vladimir Putin bilan kelishib olishga umid qilmoqda

Donald Tramp Vladimir Putin bilan kelishib olishga umid qilmoqda

11 yanvar kuni milliarder tadbirkor va respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga saylangan Donald Tramp o‘zining ilk rasmiy matbuot anjumanini o‘tkazdi. Oq uyning bo‘lg‘usi xo‘jayini tashqi va ichki siyosatga doir savollarga javob qaytargan, tanqidchilari hamda o‘ziga nisbatan "fosh qiluvchi" hujjatlarning e’lon qilinishiga munosabatini bildirgan. Bu haqda RIA "Novosti"ga asoslanib Kun.uz xabar qilmoqda.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan jurnalistlar Trampga Rossiya bilan bo‘lg‘usi munosabatlar xususida ko‘plab savollar berishgan. Respublikachi prezident saylovoldi kampaniyasi chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash fikrini ilgari surgan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bu muammoni hal etishga urinishini ta’kidlagan edi.

Tramp bu fikrini yana bir bor takrorlagan. "Bilmayman, Putin bilan kelisha olamanmi, yo‘qmi, ammo shunga umid qilaman", — degan Tramp. Uning ta’kidlashicha, Moskva IShID guruhiga qarshi kurashda yordam bera oladi.

Shu bilan birga, u "reboot" (qayta kuchaytirish) so‘zini Amerika-Rossiya munosabatlariga qo‘llashni istamagan. "Bunday tugma yo‘q. Biz yo kelishamiz yoki yo‘q", — degan saylangan prezident.

Trampning qo‘shimcha qilishicha, u Rossiyaga nisbatan qat’iyatliroq siyosat yurita oladi. "Hillari Klinton Trampga qaraganda Putin bilan qat’iyroq bo‘lganiga kim ishonadi?" — deya o‘zining qattiqqo‘l bo‘lishiga ishora qilgan Tramp.

"Ammo, Putinga Tramp yoqsa, bu ustunlik deyiladi", — deb ta’kidlagan saylangan prezident.

U, shuningdek, kiberhujumlar muammosi va uning atrofida bo‘layotgan mashmashalarga ham o‘z fikrini bildirgan. Trampning ta’kidlashicha, AQSh kiberxavfsizlik reytingida so‘nggi 17-o‘rinni egallaydi. Shu bilan birga, uning aytishicha, AQShdagi saylovoldi kampaniyasi chog‘ida amalga oshirilgan kiberhujumlarni Rossiyadan boshqa mamlakat ham amalga oshirgan bo‘lishi mumkin.

Trampning yodga olishicha, 2015 yilda xakerlar Amerika davlat idoralarining tizimlariga hujum qilib, 22 mln kishining shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlagan edi. "O‘shanda, 22 million ma’lumotni o‘g‘irlatdik, ammo undan katta shov-shuv yasalmadi. Balki, buning ortida Xitoy turgandir", — degan Tramp.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp Vladimir Putin bilan kelishib olishga umid qilmoqda