19:44 / 17.01.2017
6 829

Si Szinpin: savdo urushida g‘oliblar bo‘lmaydi

Si Szinpin: savdo urushida g‘oliblar bo‘lmaydi

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida chiqish qilib, jahon savdosida milliy proteksionizm (biror davlatning o‘z milliy iqtisodiyotini chet el raqobatidan himoya qilishga qaratilgan siyosati)ga yo‘l qo‘ymaslik haqida gapirdi. Uning chiqishi translyasiyasi forum rasmiy saytida taqdim etilgan.

Xitoy etakchisining fikricha, barcha mamlakatlar erkin savdo prinsiplariga amal qilishlari kerak.

«Proteksionizm siyosatini olib borish – bu o‘zini qorong‘u xonaga qamab qo‘yishdek gap. Tashqarida yomg‘ir va shamol bo‘lishi mumkin. Biroq u erda havo hamda nur ham bor. Savdo urushida hech kim g‘olibga aylanmaydi», - dedi Si Szinpin.

Avvalroq Si Szinpin jahon iqtisodiyoti globallashuvidan voz kechmaslik hamda unga moslashish lozimligiga e’tibor qaratgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Si Szinpin: savdo urushida g‘oliblar bo‘lmaydi