00:00 / 22.01.2017
6 587

Tojikistonda ortiqcha vaznga ega milisiya xodimlari "me’yorga keltiriladi"

Tojikistonda ortiqcha vaznga ega milisiya xodimlari "me’yorga keltiriladi"

Tojikiston ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda jurnalistlarga tojik milisiyasi xodimlarining bo‘y va vazn nisbatini me’yorga keltirishga buyruq berganini ma’lum qildi. Rahimzodaning aytishicha, ushbu buyruqni nazorat qilish maxsus komissiyaga yuklangan, deb yozadi Kun.uz sayti.

"Men ikki oy avval milisiya xodimlari vaznini me’yorga keltirishga buyruq bergandim. Axir milisioner semirishni boshlasa, uning ishchanligi susayadi. Milisiya xodimi vazni bo‘y va vazn nisbati xalqaro jadvaliga mos kelishi kerak", deb aytdi Rahimzoda.

Vazir huquq-tartibot muassasalari xodimi qanday optimal bo‘y va vaznga ega bo‘lishi kerakligiga aniqlik kiritmagan.

Quyida milisiya xodimi qanday bo‘y va vaznga ega bo‘lishini bilish uchun yosh va bo‘yga mos keladigan optimal vazn nisbatlari jadvalini keltirdik.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda ortiqcha vaznga ega milisiya xodimlari "me’yorga keltiriladi"