17:08 / 23.01.2017
6 337

Xitoyda 2016 yili lotereyalar sotuvidan kelgan tushum 57 mlrd dollarni tashkil etdi

Xitoyda 2016 yili lotereyalar sotuvidan kelgan tushum 57 mlrd dollarni tashkil etdi

Xitoyda o‘tgan yili turli lotereyalardan tushum 2015 yilga nisbatan 7,3 foizga oshdi va 394,6 milliard yuanga (57,5 milliard dollar) etdi. Bu haqda mamlakat moliya vazirligi ma’lum qildi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Xayriya lotereyalari sotuvi 206,5 milliard yuan keltirdi. Tarqatilishi 13,1 foizga ko‘paygan sport lotereyalari 188,2 milliard yuan tushum berdi. Xitoyda dekabr oyining o‘zida 36,6 milliard yuanlik lotereya chiptalari sotildi.

Xayriya va sport lotereyalari sotilishidan kelgan tushum ma’muriy xarajatlar va yutuqlardan tashqari mamlakatda ijtimoiy ta’minotni yaxshilash hamda sport inshootlari qurilishiga sarflanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda 2016 yili lotereyalar sotuvidan kelgan tushum 57 mlrd dollarni tashkil etdi