22:20 / 23.01.2017
7 372

Istanbulda turkistonliklar namoyishi: Terrorning millati, dini bo‘lmaydi!

Istanbulda turkistonliklar namoyishi: Terrorning millati, dini bo‘lmaydi!

Qo‘llarida “turkistonliklar terrorizmni lan’atlaydi”, “Terrorizm insoniyatga qarshi jinoyatdir”, “Muhojirdan terrorist chiqmaydi” degan shiorlar bilan Istanbulning Uskudor massivida, Mehrimoh Sulton masjidi oldida to‘plangan turli uyushmalar a’zolari terrorizmga qarshi o‘z nafratlarini namoyish etdilar. Bu haqda "Vodiymedia" sayti xabar qildi.

“Turkistonliklar”, “Sharqiy Turkiston maorif uyushmasi”, “Xo‘ja Ahmad Yassaviy” ilm va irfon vaqfi”, “O‘rta Osiyo”, “Navo” kabi turli etnik-madaniy uyushmalar vakillaridan iborat bo‘lgan namoyish ishtirokchilari nomidan gapirgan “Turkistonliklar” uyushmasi raisi Burhon Qovunchi yaqinda Turkiyada bo‘lib o‘tgan terroristik voqeada O‘rta Osiyoliklarning nomi aralashganidan qayg‘uda ekanliklarini bildirdi. U shuningdek, aybdorlarning ismi keltirilganda dini va millati ta’kidlab turilishi katta xato ekaniga, bunday holat ayirmachilikning ko‘rinishi ekaniga o‘z so‘zida urg‘u berdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbulda turkistonliklar namoyishi: Terrorning millati, dini bo‘lmaydi!