13:54 / 24.01.2017
11 297

Rim papasi dunyoni yangi Gitler paydo bo‘lishidan ogohlantirdi

Rim papasi dunyoni yangi Gitler paydo bo‘lishidan ogohlantirdi

Rim katolik cherkovi rahbari papa Frasisk Donald Trampning AQSh prezidentligiga saylanishi va dunyo siyosati borasida fikrlarini bildirib o‘tdi, deya xabar bermoqda Sof.uz sayti.

Papa Ispaniyaning El Pais gazetasiga bergan intervyusida Donald Tramp haqida fikr bildirishga hali erta ekanligini aytgan: “Ko‘raylikchi, nima bo‘lar ekan? Ko‘raylikchi, nima qilar ekan? Keyin baho beramiz”.

Evropa va Amerikada populism siyosati kuchayib borayotganiga to‘xtalar ekan, papa Fransisk bundan o‘z tashvishini izhor qilgan. Populistik siyosat dunyoga yangi Gitlerni olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan. Bunday «xaloskor» esa insoniyat uchun kuchli tahdid bo‘lishi aniq: “Albatta, inqirozlar qo‘rquv va tashvish uyg‘otmoqda. Populizmning evropacha namunasi 1933 yildagi Germaniya bo‘ladi. Germaniyaga o‘zligini qaytaradigan etakchi kerak edi. Adolf Gitler hokimiyatni kuch bilan egallab olmadi. Uni xalq saylagan edi. Keyin esa o‘z xalqini yakson qildi”.

Rim papasi Trampning Meksika bilan chegaraga devorlar va tikanli sim bilan to‘siq o‘rnatishga oid va’dalarini tanqid qilarkan, nemislar ham boshqa millatlarga qarshi shunday to‘siqlardan foydalanishga uringanini eslatib o‘tgan.

Papa Fransisk oldin ham Donald Trampni tandiq qilgan va shunday degan edi: “Ko‘priklar barpo etish o‘rniga, qaerga bo‘lmasin, devorlar qurish haqida o‘ylaydigan odam xristian emas”.

So‘nggi yillarda Evropada ham populizm kuchaya boshlagani ko‘zga tashlanmoqda. Ishsizlik, kambag‘allik va millionlab muhojirlar oqimi Fransiya, Belgiya va Germaniyada islomofobik kayfiyatdagi partiyalar mavqeyi oshishiga sabab bo‘lgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rim papasi dunyoni yangi Gitler paydo bo‘lishidan ogohlantirdi