00:32 / 25.01.2017
6 332

Venada tramvay o‘g‘risi qo‘lga olindi

Venada tramvay o‘g‘risi qo‘lga olindi

Avstriya polisiyasi Venada tramvayni o‘g‘irlab ketgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda The Local nashriga tayanib Daryo xabar berdi.

Shubhalanuvchi aybini tan olib ko‘rsatma bergan. Ma’lum bo‘lishicha, uning yoshi 36 da, avval tramvay haydovchisi bo‘lib ishlagan. U jinoyatni sodir qilishga nima sabab bo‘lganini aniqlik kiritmagan.

Voqea 21 yanvar, shanba kuni ertalab, tramvay haydovchilaridan biri hojatxonaga ketgan vaqtda yuz bergan. Jinoyatchi haydovchining yo‘qligidan foydalanib bo‘sh tramvayning eshigini ochgan, haydovchining o‘rniga o‘tirgan va uni haydab ketgan.

Tartibbuzar tramvayni ikki bekat davomida boshqargan va yo‘l harakati qoidalariga to‘liq amal qilgan. Tramvay o‘g‘irlangani ma’lum bo‘lgach uni to‘xtatish uchun yo‘l to‘silgan. Buni sezgan tramvay o‘g‘risi hech kimning e’tiborini tortmasdan voqea joyidan qochib qolishga muvaffaq bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Venada tramvay o‘g‘risi qo‘lga olindi