00:39 / 25.01.2017
3 967

Italiya sudi Erdo‘g‘anning o‘g‘liga nisbatan ochilgan ishni yopdi

Italiya sudi Erdo‘g‘anning o‘g‘liga nisbatan ochilgan ishni yopdi

Italiyaning Bolonya shahri dastlabki tergov sudi Turkiya prezidentining o‘g‘li Bilol Erdo‘g‘anga nisbatan ochilgan ishni arxivga topshirishga qaror qildi. Bilol Erdo‘g‘an bu ish bo‘yicha pul yuvishda gumon qilingandi, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.

Bilol Erdo‘g‘an 2015 yil kuzida oilasi bilan Bolonyaga kelgan. U bu erda Jons Xopkins universitetida doktorlik dissertasiyasini yozgan. 2016 yil fevralda esa unga qarshi turkiyalik tadbirkor Murat Xakan Uzanning arizasiga ko‘ra tergov boshlangan. Uzan Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning siyosiy raqibi hisoblanadi va Fransiyada yashaydi. Tadbirkor italyan hukumatidan Bilol Erdo‘g‘an Italiyaga olib kelgan pullarning kelib chiqishini aniqlashni so‘ragan. Ishning ochilishi Bilolni Italiyani tark etishga majbur qilgan.

Dekabrda tergov Uzanni ko‘rsatma berishga chaqirgan. Prokuratura Uzanning sudga kelmagani asosida sudga ishni arxivga topshirishni, ya’ni mohiyatan uni yopish haqida ariza bergan.

Bu Italiya huquq-tartibot muassasalarining Bilolga qarshi tergovni to‘xtatishga birinchi urinishlari emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiya sudi Erdo‘g‘anning o‘g‘liga nisbatan ochilgan ishni yopdi