Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariev Ichki ishlar vazirligi rahbariyatini, shu jumladan vazir o‘rinbosarini mast holatda bo‘lgan yo‘l-patrul xizmati xodimlari o‘zaro otishma uyushtirishganlari uchun jazolashni talab qildi, deb yozadi Kun.uz.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonning Chuy viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l-patrul xizmatining ikki nafar inspektori 15 maydan 16 mayga o‘tar kechasi navbatchilik paytida bahslashib qolishgan. Bahslashuv avj olib ketgandan keyin, inspektorlardan biri tabel qurolidan sherigini yaralagan. Yaralangan inspektor shifoxonaga etkazilgan.
“Ushbu voqea ichki ishlar organlari tizimida shaxsiy tarkib bilan tegishli tarbiya ishlari olib borilmasligidan darak beradi, xizmatni o‘tash va tabel qurolidan foydalanishni nazorat qilish tizimini zudlik bilan qayta ko‘rib chiqilishini talab qiladi”, deb aytdi bosh vazir hamda milisiya xodimlarining xizmat kiyimida va xizmatni o‘tash paytida mast holatda bo‘lishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tdi.
Bosh vazir voqeani batafsil tergov qilishni va voqea ishtirokchilarini ichki ishlar safidan bo‘shatilishlarini hamda jinoiy javobgarlikka tortilishlarini talab qildi. Bosh vazirning fikricha, Chuy viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, yo‘l-patrul xizmati rahbariyati va ularni nazorat qiluvchi vazir o‘rinbosari ham javobgarlikka tortilishlari lozim. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!