Xitoyning Nankin shahrida olib borilgan qurilish ishlari vaqtida Min imperiyasi zamonasiga tegishli bo‘lgan oltin xazinaga liq to‘la sag‘ana topildi, deb yozadi Kun.uz.
Oltin taqinchoqlarning ko‘pligiga qaramasdan, sag‘anada topilgan ikkita qabr toshi eng qimmatbaho topilma sifatida e’tirof etilmoqda. Bu qabrtoshlarda sag‘anaga dafn etilgan ayol haqida ma’lumotlar bitilgan. Olimlarning aniqlashicha, qabr jazmanlikdan siyosiy va harbiy strateglikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan Mey xonimga tegishli bo‘lgan.
G‘ishtli sag‘ana ichida topilgan yozuvlarda xitoy tilida Mey xonim Xitoyning janubi-g‘arbidagi viloyatni boshqargan knyazning onasi bo‘lgani yozilgan. Mey xonim o‘zining o‘g‘liga dushman qabilalar va uzoq o‘lkalarda tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha eng yaxshi strategiyalardan saboq bergan.
Sag‘anada topilgan, yoshi 500 yildan ko‘proqni tashkil qilgan xazinalar orasida oltin bilakuzuklar, ruhlar uchun quticha va soch to‘g‘nag‘ichlari topilgan. Barcha buyumlar turli qimmatbaho toshlar, jumladan yoqut, firuza, sapfirlar bilan bezalgan.
Nankin shahri muzeyi arxeologlari qabrni 2008 yildan beri o‘rganib kelishgan va faqat yaqindagina ularning ishlari ingliz tiliga o‘girilib, Chinese Cultural Relics jurnalida nashr etildi.
Mey xonimning toshdan ishlangan tobuti suvdan shikastlangan bo‘lsada, xonimning jasadi qoldiqlari bizning kunlargacha etib kelgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Mey xonim Xitoyning janubi-g‘arbidagi chegaraoldi viloyati Yunnanni boshqargan Mu Binning uch rafiqasidan biri bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi