11:12 / 17.02.2015
8 893

Bokuda kir yoyishda ehtiyotsizlik qilgan ayol beshinchi qavatdan yiqilib tirik qoldi

Bokuda kir yoyishda ehtiyotsizlik qilgan ayol beshinchi qavatdan yiqilib tirik qoldi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrining Nizomiy tumanida 29 yoshli ayol balkonda kir yoyish vaqtida ehtiyotsizlik qilib, beshinchi qavatdan yiqilib tushdi, deb xabar bermoqda «1news.az».

Nizomiy tumani polisiya boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ayol shifoxonaga olib borilgan, uning ahvoli og‘ir deb baholangan. Hozirda ushbu holatga aniqlik kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol balkonda sirpanib yiqilgan, eri uning qo‘lidan ushlab qolishga harakat qilgan. Afsuski buning imkoni bo‘lmagan, ayol uning qo‘lidan chiqib erga qulagan. U asfaltga emas, balki erga tushgani uchun tirik qolgani taxmin qilinmoqda.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bokuda kir yoyishda ehtiyotsizlik qilgan ayol beshinchi qavatdan yiqilib tirik qoldi