19:14 / 17.02.2015
7 376

Kolumbiyalik ayol o‘z ismini alifboning barcha harflariga almashtirdi

Kolumbiyalik ayol o‘z ismini alifboning barcha harflariga almashtirdi

Kolumbiyaning Bogota shahrida yashovchi o‘qituvchi ayol o‘z ismini alifboning barcha harflariga almashtirdi, deya xabar bermoqda «Gazeta.ru». Endi uning ismi Abcdefg Hijklmn Opqrst Uvwxyz bo‘ldi.

Uchta universitetda o‘qituvchilik qiladigan 36 yoshli ayol shunday ismga ega bo‘lish huquqi uchun naq ikki yil kurashdi.

O‘zining aytishicha, u doimiy ravishda o‘zini «yangilab turish» ehtiyojiga ega, shu tufayli ismini tez-tez o‘zgartiradi. Uning avvalgi ism-sharifi Ledizanga Kiborg bo‘lgan.

«Odamlar ismim orqali meni tanib qolishlarini istamayman», — dedi kolumbiyalik ayol.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kolumbiyalik ayol o‘z ismini alifboning barcha harflariga almashtirdi