12:58 / 19.02.2015
8 582

Qozog‘iston Senati Nursulton Nazarboyevdan muddatidan oldin prezidentlik saylovini o‘tkazishni so‘radi

Qozog‘iston Senati Nursulton Nazarboyevdan muddatidan oldin prezidentlik saylovini o‘tkazishni so‘radi

Qozog‘iston parlamentining Yuqori palatasi mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyevga muddatidan oldin prezidentlik saylovini o‘tkazishni so‘rab murojaat qildi, deb xabar bermoqda TASS.

“Qozog‘iston xalq assambleyasi kengashining tashabbusini qo‘llab quvvatlashingizni va Qozog‘iston prezidentligiga navbatdan tashqari saylov o‘tkazish haqidagi taklifni ko‘rib chiqishingizni so‘raymiz”, – deyiladi murojaatda.

Avvalroq Qozog‘iston xalq assambleyasi muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan va parlamentning quyi palatasi bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan edi. Muddatidan oldingi saylovlarning o‘tkazilishini so‘rab qilingan murojaatlarga, prezidentlik hamda parlament saylov kampaniyalarinining bir vaqtga, 2016 yilga belgilangani sabab bo‘lgan.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston Senati Nursulton Nazarboyevdan muddatidan oldin prezidentlik saylovini o‘tkazishni so‘radi