10:50 / 20.02.2015
9 296

Andijonda piyodani urib ketgan Lacetti haydovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijonda piyodani urib ketgan Lacetti haydovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijon viloyati Andijon tumanida noma’lum haydovchi avtomashina boshqarib ketayotib, Andijon shahrida yashovchi bir fuqaroni urib yuborib, unga yordam ko‘rsatmasdan qochib ketgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro Lacetti rusumli avtomashinada sodir etganligi aniqlandi.

“Unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, – deyiladi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabarida.

Piyodaning hozirgi ahvoli qandayligi haqida ma’lumot berilmagan.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Andijonda piyodani urib ketgan Lacetti haydovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi