17:39 / 03.03.2015
7 453

Xitoylik rassom g‘ishtdan Mercedes yasadi

Xitoylik rassom g‘ishtdan Mercedes yasadi

Xitoyning Sian shahrida yashovchi rassom Day Yun qizil g‘ishtdan asl kattalikdagi Mercedes-Benz avtomobilini yasadi, uni haqiqiysidan ajratish qiyin, deya xabar bermoqda «Vesti.ru».

Yun g‘isht, sement va po‘lat yordamida qimmatbaho avtomobilning nafaqat tashqi detallarini, balki mashina saloni — uzatish qutisi, pedallari, ruli va o‘tirg‘ichlarini ham mohirona yasadi.

Haykalning yagona kamchiligi uning harakatlana olmasligidir. Biroq rassom qachondir tosh avtomobil ichiga haqiqiy dvigatel o‘rnatishini istisno qilmayapti.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoylik rassom g‘ishtdan Mercedes yasadi