UzDaewoo brendi o‘rnini egallagan Ravon Rossiya bozoridan subkompakt Matiz xetchbekini olib chiqishga qaror qildi. Bu haqda “Carzone” nashri xabar bermoqda.
Model Ravon’ning Rossiyadagi vakolatxonasi rasmiy saytidagi ro‘yxatda yo‘q. Matiz nima sababdan Rossiya bozorini tark etayotgani noma’lum. Ayni vaqtda, Ravon’ning ba’zi dilerlari portallarida “Matiz”ga hali ham buyurtma berish mumkin.
Rossiyada mexanik uzatma bilan hamohanglikda ishlaydigan hajmi 0,8 litr, silindrlari soni uchta, 51 ot kuchiga ega benzinli motorda harakatlanuvchi “Matiz”lar sotilar edi. Uning narxi 314 ming rubldan boshlanib, shu vaqtgacha Rossiya avtosalonlarida sotilayotgan eng arzon avto hisoblanardi.
Avvalroq Ravon “Matiz”ni yangilamoqchi ekani — unga ERA-GLONASS tizimi, xavfsizlik yostiqchalari, ABS tormoz tizimi va “avtomat” uzatmalar qutisi o‘rnatilishi rejalashtirilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
“Aftidan, bu rejadan voz kechilganga o‘xshaydi. Chunki mazkur yangiliklar joriy etiladigan bo‘lsa, “Matiz”ning narxi qimmatlashadi, hozirgisidan qimmat narx bilan esa “Matiz” bozorda raqobatlasha olmaydi”, — deyiladi “Kolyosa” xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi