23:23 / 16.10.2016
7 250

Yangi Honda CR-Vga turbolashgan motor o‘rnatildi

Yangi Honda CR-Vga turbolashgan motor o‘rnatildi

Honda beshinchi avlod CR-V krossoverini taqdim etdi. Noyabr oyida Los-Anjelesda yaponcha krossover amerikaliklar uchun namoyish etiladi. Kelgusi yildan esa savdoda uchratishimiz mumkin, deyiladi "Carzone" sayti xabarida.

Yangi Honda CR-V ajdodidan ko‘ra yiriklashgan, g‘ildiraklar bazasi 41 mmga kattalashgan. “Xonda” injenerlari aytishicha, yo‘lovchilar oyog‘ini qo‘yishi uchun qo‘shimcha 53 mm joy paydo bo‘ldi. Yukxona hajmi 56 litrga oshdi. Boshqacha aytganda suyanchiqlar tushirilgan holatda yukxona 1104 litrni tashkil etadi.

Yapon krossoveri 2 turdagi motorga ega. Asos variantida 184 ot kuchiga ega 2,4 litrli dvigatel. Qimmatroq versiyasiga esa bir yarim litrli, damlash (nadduv) texnologiyasida ishlaydigan agregat o‘rnatiladi, unda 190 otning kuchi bor.

Qo‘shimcha to‘lov evaziga dvigatelni masofadan turib ishga tushirish funksiyasi, ikki zonali iqlim nazoratchisi, orqadagi yo‘lovchilar uchun USB port kabi imkoniyatlarni qo‘lga kiritish mumkin. CR-Vning barcha versiyalarida 7 dyuymli ekranga ega multimedia tizimi mavjuddir. Tizim Apple CarPlay va Android Auto bilan ishlaydi.

Ushbu krossoverning to‘rtinchi avlodi Rossiyada hozir 1,5 mln rubldan sotilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yangi Honda CR-Vga turbolashgan motor o‘rnatildi