Poytaxtning Mirobod tumanida kecha, seshanba kuni tungi soat 2 lar atrofida “Kaptiva” avtomobili yonib ketgan. Holat nima sababdan yuz bergani borasidagi taxminlardan biri – atayin o‘t qo‘yish, deb baholanmoqda. Bu haqda Nuz.uz xabar berdi.
Hodisa Mirobod bozori yaqinidagi aholi turar-joy hududi ichida ro‘y bergan. Yonayotgan avtomobilning fotosurat va videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketdi.
Ma’lum bo‘lishicha, avtomobil yaqin atrofdagi ko‘pqavatli uylardan birida istiqomat qiluvchi ayolga tegishli bo‘lib, mashina uyining oynasi tagida turgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil ichidan yongan – olov hattoki salondan tashqariga ham chiqqan. O‘t o‘chirish xizmati va yo‘l-harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlarining voqea joyiga 10 daqiqa ichida etib kelishlari sabab yong‘in tezda bartaraf etildi, yaqin atrofdagi mashinalar esa xavfsiz masofaga olib o‘tildi.
Taxminlardan biri – avtomobilning elektr simlar tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, atayin o‘t qo‘yish taxmini ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi