Shvesiyaning Gyoteborg shahrida yangi Lynk&Co markasi va uning dastlabki 01 krossoverining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Yangi markaning avtomobillarini xuddi smartfon kabi internet yoki dunyoning turli burchaklaridagi savdo markazlari orqali sotishmoqchi. Yangi mahsulot birinchi bo‘lib Xitoy bozoriga chiqariladi, so‘ng Amerika va Evropaga kirib boradi. Avtomobilni mijozga kurerlar orqali etkazib berish rejalashtirilyapti. Xizmat ko‘rsatish ishlarini Volvo o‘z zimmasiga oladi.
Lynk&Co markasining barcha avtomobillari SMA kompakt platformasi asosida qurilgan. (Bu agregat asosida yangi Volvo XC40 va S40 yasalishini eslatib o‘tamiz)
Shved-Xitoy markasi ishlab chiqargan rusumlari nomida 01, 02, 03 va boshqa sonlar qatnashadi. Birinchi 01 – krossover, ikkinchi 02 – sedan va hokazo. Ularni qat’iy narxda va yagona komplektasiyada sotish rejalashtirilyapti. Narxlar Volkswagen, Ford va Opel markalarining shunga o‘xshash rusumlari bahosiga yaqin bo‘ladi. Mijoz dvigatel va transmissiyani tanlashi mumkin.
Yuqorida aytilgan krossoverga 1,5 litrli turbomotor o‘rnatiladi. Motor quvvati 180 ot kuchiga teng. Mexanik yoki 7 pog‘onali avtomatik qutiga ega. To‘la uzatmali. Bundan tashqari, gibrid modifikasiyasi dunyo yuzini ko‘rishi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi