23:49 / 07.11.2016
8 850

Qozog‘istonda Ravon avtomobillari yig‘iladi

Qozog‘istonda Ravon avtomobillari yig‘iladi

Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Askar Mamin 7 noyabrda bir necha ishlab chiqarish ob’ektlariga tashrif buyurdi. Jumladan, u "SariArkaAvtoprom" korxonasida ham bo‘ldi.

Maminga Ravon rusumidagi yangi "Neksiya" avtomobili namoyish qilindi. Bu mashina Qo‘stanayda o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda yig‘ilmoqchi.

"Bu mashina Qozog‘istondagi eng arzon mashina bo‘ladi. Uning narxi 2,6 mln tangani tashkil qiladi, undan arzonrog‘i shunchaki yo‘q", deb aytgan "Allur Auto" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Andrey Lavrentev.

Lavrentevning aytishicha, mashina yirik uzelli usulda yig‘iladi: mashina komplektlari O‘zbekistondan keltiriladi, mahalliylashtirish 30 foizgachani tashkil qiladi. Kelajakda mashina kichik uzelli metodda yig‘ilishi boshlanadi hamda mahalliylashtirish 50 foizga va undan ko‘proqqacha etkaziladi.

"Bu avtomobil sinovlardan o‘tgan va Evro-6 standartlariga javob beruvchi sertifikat oladi", deb ma’lum qildi Lavrentev.

Mamin Ravon avtomobili rulida o‘tirib ko‘rdi. Birinchi avtomobil ishlab chiqarilishining sanasi hozircha belgilanmagan, biroq zavodda ta’kidlanishicha, o‘zaro ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun bir necha hujjatlarni imzolashgina qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Qozog‘istonda Ravon avtomobillari yig‘iladi