11:24 / 13.11.2016
7 009

Volkswagen va Audi’ga qarshi «dizelgeyt» bo‘yicha yana tekshiruv boshlandi

Volkswagen va Audi’ga qarshi «dizelgeyt» bo‘yicha yana tekshiruv boshlandi

Germaniyadagi Volkswagen avtomobil ishlab chiqaruvchisi va uning brendi Audi kompaniyasi tasdiqladiki, Evropa va AQShdagi regulyatorlar (mashinalar yurishini yoki ishlashini tartibga solib turuvchi) Audi avtomobillaridagi avtomat uzatuv qutisining dasturiy ta’minoti bo‘yicha tekshiruv boshladi. Kun.uz xabariga ko‘ra, sinov vaqtida mashinaning tashqi muhitga chiqaradigan zararli moddalari hajmi pasaytirib ko‘rsatilgan.

Nashrning qayd etishicha, Volkswagen regulyatorlar bilan bu masalada muhokama o‘tkazgan. Bu «dizelgeyt» mojarosidagi navbatdagi ish sifatida qaralmoqda. Gap benzinda yuruvchi va dizel dvigatellarga ega avtomobillar haqida ketmoqda.

Tekshiruvchilar avtomatik uzatuv qutisidagi dasturiy ta’minotdan laboratoriya sinovlari vaqtida chiqarilgan karbonat angidrid gazi miqdorini kamaytirishda foydalanilgani yoki foydalanilmaganini o‘rganishadi.

Sentyabr oyida Volkswagen kompaniyasi xodimi Jeyms Robert Lieng Detroytdagi sud majlisida «dizelgeyt» doirasida firibgarlikni tashkil etish maqsadida til biriktirganligini tan olgani xabar qilingandi. U ishlangan gazlarda zararli moddalar mavjudligi haqidagi haqiqiy ma’lumotlarni yashirish imkonini beruvchi dasturni ishlab chiqqanlardan biri bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Volkswagen va Audi’ga qarshi «dizelgeyt» bo‘yicha yana tekshiruv boshlandi