Toshkentning Sergeli tumanida, «Dehqon bozori» avtobus bekati oldida Cobalt avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. 13 noyabr kuni tunda yuz bergan avariya suratlari va videolari Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhida e’lon qilingan.
Videoda Cobalt uning oldida ketayotgan Nexia’ga urilib ketmaslik uchun uni qoidaga xilof ravishda o‘ng tomondan quvib o‘tishga uringani va oqibatda bekatdagi beton ustunga urilib, aylanib ketganini ko‘rish mumkin.
Avariya natijasida Cobalt’ga jiddiy zarar etgan, uning rulida bo‘lgan yigit jiddiy jarohat olmagani aytilmoqda. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Nexia’ga ham biroz zarar etgan.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi