00:17 / 17.03.2015
8 957

2017 yilda uchadigan avtomobil ishlab chiqariladi

2017 yilda uchadigan avtomobil ishlab chiqariladi

Slovakiyaning AeroMobil kompaniyasi 2017 yilga qadar uchadigan avtomobilni yaratish ishlarini oxiriga etkazib, uni ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi The Verge nashri.

Kompaniya rahbari Yuray Vakulik “superkarlarga qiziqadigan boy xaridorlar” AeroMobil’ning birinchi modelini 2017 yilga qadar sotib olishlariga umid bildirmoqda.

“Bizga shaxsiy transport sohasida inqilob kerak”, deb aytdi Vakulik.

U uchadigan avtomobillar haqidagi orzu unda 25 yil avval, Chexoslovakiyadagi sosialistik rejimdan qochib ketish yo‘lini qidirib yurgan paytida paydo bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.

Ishlab chiqaruvchining fikricha, uchadigan avtomobillar va avtomatik tarzda boshqariladigan avtomobillar transport inqilobida muhim yangiliklar bo‘ladi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 2017 yilda uchadigan avtomobil ishlab chiqariladi