14:28 / 14.12.2016
8 152

GM Uzbekistan Rossiyada 1176 ta Ravon avtomobilini sotdi

GM Uzbekistan Rossiyada 1176 ta Ravon avtomobilini sotdi

GM Uzbekiston aksiyadorlik jamiyati 2016 yil iyul—noyabr oylarida Rossiyada 1176 ta Ravon avtomobillarini sotdi, deya xabar bermoqda Daryo.uz.

Qo‘mita ta’kidlashicha, kompaniya dilerlari Ravon brendi ostida 420 ta avtomobilni sotgan.

GM Uzbekistan’ning Rossiya bozoridagi ulushi 2016 yilning yanvar—noyabrida 0,1 foizni tashkil etdi.

2016 yilning yanvar—noyabri yakunlariga ko‘ra, GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati Rossiyada avtomobil savdosi hajmiga ko‘ra 27-o‘rinni egalladi. GM modellaridan hech biri hisobot davrida bestsellerlar Top 25 taligiga kirmadi.

Nashr eslatishicha, Rossiyada Ravon brendi ostidagi mashinalar savdosi 2016 yil iyulidan boshlandi. Bungacha GM Uzbekistan o‘z mashinalarini Daewoo brendi ostida sotar edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan Rossiyada 1176 ta Ravon avtomobilini sotdi