15:23 / 17.12.2016
9 332

2016 yilning eng xavfsiz mashinalari aniqlandi

2016 yilning eng xavfsiz mashinalari aniqlandi

Euro NCAP tashkiloti bir qancha yengil mashinalarni to‘qnashuv testidan o‘tkazdi va “o‘z sinfidagi eng yaxshisi”ni aniqladi, deb yozmoqda Carzone.uz sayti. Bu avtomobillar umumiy reytingda besh yulduzchaga loyiq topildi va alohida sinovlarda yuksak natijalar ko‘rsatdi.

“Kichik krossover” kategoriyasida sovrindor Vokswagen Tiguan bo‘ldi. Unda o‘tirgan haydovchi va katta yoshli yo‘lovchilarning himoyasi 96 foiz, bolalarniki esa 84 foizga baholandi. Euro NCAP ekspertlari kuzov strukturasi old va yondan zarbalarga dosh bergani hamda avtotormozlash tizimi puxta ishlashini alohida qayd etishdi. Xavfsizlik tizimining ishlashi 68 foizga baholandi.

“Kichik oilaviy avtomobil” kategoriyasi bo‘yicha Hyundai Ioniq gibrid xetchbekiga etadigani topilmadi. Katta yoshli yo‘lovchilar himoyasi 91 foiz, bolalarniki 80 foiz, xavfsizlik tizimi esa 82 foiz deb baholandi. Avtomobilni polosada tutib yurish tizimi diqqatga sazovorligi eslab o‘tildi.

“Katta oilaviy avtomobil” kategoriyasida Toyota Prius eng yaxshisi deb topildi. Kattalarning himoyasi 92 foiz, bolalarniki 82 foiz. Xavfsizlik tizimi bahosi 85 foiz. “Prius”ning asos versiyasida ham Toyota Safety Sense tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, qarama-qarshi to‘qnashuvlarning oldini oladi va piyodalarni ham sezadi.

Bu yili Euro NCAP piyodalarni “ko‘radigan” avtotormozlash tizimiga alohida e’tibor bermoqda. Umuman, baholash mezoni yanada qat’iylashganini aytib o‘tish joiz. Asosiy baho avtomobilning asos komplektasiyasiga berilyapti. Xavfsizlik tizimi bilan to‘la jihozlangan versiyasi esa alohida baholandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 2016 yilning eng xavfsiz mashinalari aniqlandi